5 tashabbus 5 imkoniyat

Ko’rsatiladigan fikrlar yo’q.

Mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  Besh  muhim tashabbusini  amalga oshirish boyicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Ma`lumki, 3 –  tashabbus “Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”ga qaratilgan.Bu  bo`yicha maktab ma`muriyati va Do`stlik MFY tashabbusi va hamkorligida joriy yilning 11 noyabr kuni “Besh tashabbus – Besh imkoniyat” nomli tadbir tashkil etildi.Tadbirda maktabning informatika va AT fani o`qituvchi va o`quvchilari ham faol ishtirok etdilar. 9 B sinfdan Azimov J,11 A sinfdan Rahmonova M, 7A sinfdan Nosirxonov A, 7A sinfdan Ortiqov A, 9A sinfdan Alimov , 9D sinfdan Raxmatullayev  S va 9B sinfdan Sh Baratovalar o`zlarining kompyuterda tayyorlagan dastur, rasm, kod va taqdimotlari bilan faol ishtirok etdilar.

G`oliblarimiz

2022 – yil 26 – aprel kuni Chust tumani  Xalq ta`limi bo`limida faoliyat yurituvchi maktablarning ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilarining 2021 – 2022 o`quv yilida bajargan ishlari yuzasidan xisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi.Yig`ilishda o`quv yili davomida faol bo`lgan ona tili va adbiyoti fani o`qituvchilari munosib taqdirlanishdi.

Bizning  9 – sonli o`rta ta`lim maktabi  ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari S.Ismoilova “shoir Muxammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirganligi” , “ Gazal shaydosiman”  tanlovida ” G`azallarni chet tilida chiroyli o`qigan o`qituvchi ”naminatsiya bo`yicha va N.Ishanxodjayeva “ Eng ta`sirchan g`azal”, “Eng yaxshi challenge” naminatsiyalari bo`yicha g`olib deb topildilar va tuman XTB tomonidan esdalik va faxriy yorlig` bilan taqdirlandilar.Ustozlarimizga bundan keyingi  pedagogik  faoliyatlarida ham omadlar  tilab qolamiz.

Chust tumani 9 – sonli o’rta ta’lim maktabida texnologiya fani o’qituvchisi Qobilova Shoxista tomonidan "Zukko qizlar" ko’rik tanlovi o’tkazildi.Tanlovda yuqori sinf o’quvchi qizlari bellashdilar.Tadbir ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

Chust tumani 9- o’rta ta’lim maktabida 2022 yil 22 aprel kuni «Kitobxonlik xaftaligi» doirasida «Kitob-ma’naviy xazina» mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

«Moxir qo«’llar" to’garagidan fotolavhalar

O`qituvchi Qobilova Shoxista

«Vesna prekrasna» tadbiri

Chust tumani 9- sonli o‘rta ta’lim maktabi rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi D.S.JABBAROVNA tomonidan «Vesna prekrasna» mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi.

«Mening sevimli qahramonim» sahna ko`rinishi

Namangan viloyati Chust tumanidagi 9-sonli o’rta ta’lim maktabida 2022 yil 20-aprel kuni maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Abdurahmonova Sanaatjon tomonidan «Mening sevimli qahramonim» nomli tadbir tashkillashtirdi.Tadbirda 1-B sinf o’quvchilari tomonidan «Zumrad va Qimmat» ertagi sahnalashtirildi.Tadbir bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otdi

G`olib Habibullayev Chustda

Namangan viloyati Chust tumanidagi 9-sonli maktabga «YANGI O‘ZBEKISTON» shiori ostida 2022 yil 22- aprelda kuni aktyor G‘olib Habibullayev tashrif buyurdi.Ijodiy uchrashuvda aktyor o‘z ijod yo’li haqida o’quvchilarga gapirib berdi.O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.Ayniqsa aktyor tomonidan «Sholg‘om ertagi» ni sahnalashtirilishi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

«Shirinliklar» yarmarkasi

Chust tumani 9-maktabda «Amaliy fanlar oyligi» munosabati bilan 2022 yil 15 aprel kuni maktabning texnologiya fani o’qituvchisi Qobilova Shoxista hamda MMIB direktor o’rinbosari Davronovalar tomonidan tadbir tashkillandi.»Maktab o’quvchilarini tadbirkorlikka yo’naltirish» mavzusidagi tadbirda o’quvchilar o’zlari tomonidan tayyorlangan «Shirinliklar» yarmarkasi uyushtirildi.Yarmarkada o’quvchi qizlar tomonidan pishirilgan shirinliklar namoyish etildi.

9Feruza Jalilova, Dildora Abbasova va yana 7 kishi1 ta fikrYoqdiFikr bildirishUlashish

«Yilning eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi» tanlovi

2021-yil 15-sentabr va 18- 20 sentabr kunlari Chust tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim muassasalarining ona tili va oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida «Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi» Respublika tanlovining 1-tuman bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan 150 nafar oʻqituvchilar tanlovning 1-test shartida faol ishtirok etib, 37 nafar oʻqituvchialar 26 baldan yuqori bal toʻplab 2-taqdimot shartida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Tanlov yakunida 4 nafar oʻqituvchilarimiz 76 baldan yuqori bal l tupladilar.ona tili fanidan 4-õrinni 9-maktab õqituvchisi Ishanxojayeva N 78 ball bilan egalladi Tanlov ishtirokchilarini hakamlar hayʼati raisi Ch. Abdullayeva boshchiligida tumanimizning oliy toifali, tajribali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari hamda taqdimotlarning texnik talab meʼyorlarini baholash uchun 48- maktabning informatika fani oʻituvchisi I. Qurbonovlar hakamligida baholab bordilar. Tanlovning oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi meʼyoriy hujjatlar rasmiylashtirilib viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga taqdim etildi.

«Daryolar» dars ishlanmasi

TITUL VARAG’I

I.Umumiy ma’lumot
Manzili Namangan viloyati. Chust tumani
Familiyasi Kurbonova
Ismi Dilrabo
Otasining ismi Sharifjonovna
Tug’ilgan vaqti 24.05.1987
II.Ish faoliyati
Lavozimi Geografiya fani o’qituvchisi
Ish joyi Chust tumani 9-maktab
Pedagogik faoliyati ish staji ,toifasi 12 yil. Oliy toifali
Qachon qayerni tugatgan 2009 yil. Nam.DU
Dars ishlanmasi
Fan nomi Geografiya
Sinf V sinf
Dars ishlanmasi mavzusi Daryolar
O’quvchi soni 30 (6ta guruh)
Ishtirokchining elektron pochta manzili  
Dars ishlanmasiga qisqacha annotatsiya
Ushbu dars ishlanmasi 5-sinflarga mo’ljallangan, “Dars- muqaddas” tavsiyasiga asoslangan holda turli interfaol metodlardan foydalanilgan, Har bir bosqich slaydlar orqali mujassamlashtirilgan, Vaqt taqsimoti alohida inobatga olingan.Aniq maqsadlar belgilangan. O’quvchi tilida soda, tushunarli, keng mazmunli yozilgan.

Sana: 31.03.2021 yil

Sinf: 5-A (dars ishlanma 30 nafar o’quvchiga mo’ljallangan)

Fan: Tabiiy geografiya (boshlang’ich kursi)

Mavzu: Daryolar.

Darsning maqsadi:

Umumiy maqsad: Turli qiziqarli o’yin va savol –javoblar orqali o’quvchilar tomonida darsning  to’liq o’zlashtirilishiga erishish.

a)Ta`limiy maqsad:  O’quvchilarga o’zan, suvayirg’ich, manba, daryo havzasi, daryoning to’yinishi, sharshara haqida yangi bilimlar berib, daryolar mavzusiga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

b)Tarbiyaviy maqsad:Vatanimiz xaritasida aks etgan tabiiy ne’atlar haqida so’zlash asnosida Vatanparvarlik, suvdan oqilona foydalanish haqida tushuncha berish asnosida tejamkorlik va ekologik, bir-birini baholashga undash asnosida do’stga hurmat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirib, ma’naviy tarbiya berish:

c) Rivojlantiruvchi maqsad: tezkor savol-javob, turli o’yinlar  o’tkazish asnosida o’quvchining fikrlash qobiliyatini, nutqi va dunyoqarashini rivojlantirish.

Dars tipi: yangi materialni o’rganuvchi dars (o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish va mustahkamlash darsi).

Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, geografik domino, “Ortiqchasini top”, she’riy topishmoqlar, krossvord)

Dars jihozi: a) 5-sinf Tabiiy geografiya (boshlang’ich kursi) darsligi, O`zbekiston va O’rta Osiyoning  tabiiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`ozlar, bukletlar, tarqatmalar;

Darsning blok sxemasi

Darning bosqichlari Vaqt (daqiqa)
  Tashkiliy qism 3
  Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o`tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash). 10
  Yangi mavzuni tushuntirish. 11
  Interfaol usullardan foydalangan holda yangi mavzuni mustahkamlash. 15
  O`quvchilarni baholash. 4
6. Uyga vazifa berish. 2

                            DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Darsning maqsadi. O`quvchilarga   daryolar  haqidagi  barcha bilimlarni batafsil berish.
Darsning vazifasi. O’quvchilarni ushbumavzuga  va shu asnoda  geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Darsning tashkil etish texnologiyasi. Uslub: Ko`rgazmali-amaliy. Shakl: 4 o’quvchidan iborat kichik guruhlar(6ta)da va individual tartibda ishlash. Usul: Noan`anaviy Nazorat: Og`zaki, yozma va o`z-o`zini baholash. Vosita:  Darslik, xaritalar, o`quv qurollari, Axborot                kommunikatsion texnologiyalar. Baholash: rag`batlantirish va besh ball tizim asosida.
Kutiladigan natija. O`qituvchi:Bir darsda hamma o`quvchini baholaydi. Mavzu haqida batafsil ma`lumot to`playdi. Qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishadi.O`quvchilarda bilim, ko`nikma va malaka hosil qiladi. O`quvchi:O`z fikriga ega boladi. Qisqa vaqtda ko`p ma`lumotga ega bo`ladi. Fikrlash, esda saqlash va nutq qobiliyati oshadi. Guruh bilan ishlash malakasi shakllanadi.
Kelgusi rejalar. O`qituvchi: O`z darsini tahlil qiladi. Ilg`or pedagogik texnologiyani, yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi. O`quvchiga har tomonlama  ibrat  bo`lishga harakat qiladi. O`quvchi:O`z ustida ishlaydi. Bilim darajasi oshadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir xulosaga kelish malakasi oshadi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi.

Darsning shiori:  “Geografiyam, mening suyuk geografiyam, senga obyekt erur asli butun olam!”.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. (3daqiqa)

a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash (1,5 daqiqa)).

b) Darsning mavzusi va masadini e`lon qilish. (0,5 daqiqa)

d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish (ekran orqali namoyish etiladi-0,5 daqiqa)

e) O`quvchilarni guruhga bo`lish.(guruhlar joylashuvi va o’rni ekran orqali korsatilib, izohlanadi va  darsning oltin qoidalari ishlab chiqiladi.(0,5 daqiqa)

1. O`zaro hamkorlik.

2. Do`stlik.

3. Topqirlik.

4. Tezkorlik.

i) Baholash mezonlari. “ Oltin globus “,  “ Kumush globus “,  “Bronza globus” so`zlari yozilgan sakkizburchak shakllar.

II. O`tilgan dars(Yer osti suvlari)ni takrorlash (10 daqiqa).

O’quvchilar 4 nafardan 6 guruhga bo’linadi va o’tilgan mavzuga oid tezkor savollar har bir guruhga 5 tadan beriladi va guruhlar rag’batlantirib boriladi.

Savollar monitor orqali ham chiqariladi(6 daqiqa):

1-guruhga savollar Yer osti suvlari bu- 3-guruhga savollar Gil bu- 5-guruhga savollar Yog’inlarning ta’siri-
Grunt suvlar bu- Artezian buloqlar bu- Grunt suvlar sathi bahorda-
Artezian suvlar  qanday hosil bo’ladi- Suv o’tkazmaydigan qatlamlar – Qatlamlararo suv-
Artezian buloqlar bu- Grunt suvning artesian suvdan farqi Qumtosh qanday jins
Granit qatlam bu- Buloq bu- Grunt suvlar sathi yozda-
2-guruhga savollar Mineral suvlar bu- 4-guruhga savollar Quduq bu- 6-guruhga savollar Yer osti suvlari bu-
Shifobaxsh suvlar – Artezian suvlari bu- Grunt suvlar bu-
Granit qanday jins- G’ovaklik bu- Shifobaxsh suvlar –
Qumtosh qanday jins Yer yuzasi suvlari- Gil bu-
O’zbekistondagi dam olish maskanlari – Suv o’tkazadigan qatlamlar – Grunt suvning artesian suvdan farqi

So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib,ra’batlar beriladi. Barcha guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib, “Charxpalak” asbobidan olingan savolga javob beradi (4 daqiqa).

Savollardan namunalar:

1.Mineral suvlar qanday suvlar?

2.Artezian suvlari qanday chuquqrlikda uchraydi.

III.  Yangi mavzu(Daryolar)ni bayoni  (11 daqiqa)

Bunda o’qituvchi tomonidan savollar berilib, javoblar izohlanib, yangi atamalarga slayd va rasmlar orqali izoh berib boriladi.

  1. Daryoni ko’rganmisiz, daryo nima?

O’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O’zan daryo vodiysining chuqur suv oqadigan qismi hisoblanadi. Daryolar doimo oqib turadi, ammo iqlimi quruq o’lkalarda yog’in kam vaqtlarda vaqtincha qurib qoluvchi daryolar mavjud. Daryoning sersuvligi kattaligi ularning irmoqlariga bog’liq.

Irmoqlar daryoga yon tomondan quyiluvchi kichik daryolardir. Daryo irmog’I qanchalik ko’p bo’lsa  daryo shunchalik kata va sersuv bo’ladi.

Daryolar baland tog’lardab, ba’zilari esa tekislikdagi ko’llardan  boshlanadi. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarimiz tog’lardan, qor va muzliklardan boshlanadi, Volga daryosi esa tekislikdan boshlanadi. Daryo boshlanadigan qismi uning manbai, quyiladigan qismi esa mansabi deb ataladi,Bosh daryo o’zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini tashkil etadi. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug’lanib ketmagan suvlar daryoga quyiladi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydonidaryo havzasi deb ataladi. (Shu o’rinda O’rta Osiyo tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbai, mansabi, irmoqlari va havzasi ko’rsatiladi.) Qo’shni daryolarning havzasini bir-biridan ajratib turuvchi chegara suvayirg’ich deb ataladi.suvayirg’ich tog’larning qirralarida, tekisliklarda balandroq joylariga to’g’ri keladi.

Amazonka daryosi Janubiy Amerikada joylashgan, havzasi va sersuvligi jihatdan eng kata daryo, uning havzasi 7 mln kv.km.ni tashkil etadi, uzunligi esa 6400 km dir.(slayd)

Tog’ daryolari tekislik daryolariga qaraganda tez oqadi, vodiysi chuqur bo’ladi.daryolar tog’larni yemirib, oqizib kelgan jinslarini tekislikka yoyadi va natijada cho’kindi jinslar hosil bo’ladi.Bu qonuniyatni birinchi bo’lib olimimiz Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushsa sharsharalar hosil bo’ladi. Eng balanda sharshara-Janubiy Amerikadagi Anxel sharsharasi, balandligi 1054 m. eng sersuv sharshara-Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasi-balandligi 51 m, eng chiroyli sharshara Viktoriya sharsharasi, kengligi 120m.

Xulosa: Suvni iflos qilmasdan, tejab tergab foydalanish muqaddas burchimizdir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash  (15 daqiqa)

Yangi mavzu quyidagi o’yinlar orqali mustahkamlanadi.(Slaydlarda ko’rsatilib boriladi)

  1. “Kaster” ( 3 daqida)
  2. “Ortiqchasini top” bunda o’quvchilar mavzuga mos bo’lmagan atamani belgilaydilar
Подпись: O’zan deb ataluvchi chuqurlikda o’quvchi suv oqimi
Подпись: IRMOQ
Подпись: DARYO

Bor Oq va Ko’k irmog’i,

Misr uning mahsuli.

Bir marta toshar har yil,

Bu daryoning nomi -(Nil)

Piranye balig’i bor,

Pasttekislik shu nomda.

Havzasi judа katta

Bu daryo -(Amazonka)

*************

Yunonlarda Politimet,

Bizdachi “zar sochuvchi”,

Tog’lardan boshlansada,

Cho’llar ichra singuvchi.

Oqdaryo, Qoradaryo

Irmoqlari oqqan joy.

Aylaydi bog’u-bo’ston,

Bu daryodir-(Zarafshon)

  1soat 1 kun 1 oy 1 yil
1 bola 1l 24 l 720 l 8640
10 bola 10l 240 l 7200 l 86400
100 bola 100 l 2400 l 72000 l 864000

V. O`quvchilarni baholash va xulosalash (4 daqiqa)

  Guruhlar to`plagan “Oltin globus”lar uchun 5 ball, “Kumush globus”lar uchun 4 ball, “Bronza globus”lar uchun 3 ball hisobida rag`bat  jamlanmalari hisoblanadi va g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar ham alohida baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)

Mavzu haqida to`liq ma`lumot to`plab kelish. Tabiiy xarita bilan ishlash mahoratini oshirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryoning manbai va mansabini topish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR va internet resurslar :

1. Geografiya 5-sinf darsligi

2. Adilova S. Multimedia vositalari va uni ta’lim jarayonida qo’llash // Pedagogik ta’lim. 2001 yil 2-son

  3. ” Maktabda geografiya”,  jurnali 2009 yil 5-son, 2010 yil 2-3-sonlar 2012 yil 6-son

4. Daryo.uz                                      5. Geogrfaiya.uz 

 6. Uzedu.uz. Pedagoglarga              7. Ziyonet.uz. Kutubxona